$
 12720.00
-7.96
 13827.91
46.07
 140.04
0.58
weather
+26
Кечаси   +14°

Kommunal to‘lovlarni to‘lamasangiz, elektr uzib qo‘yiladi (mi?)

rent

Internetda kommunal to‘lovlarni to‘lamagan shaxslarning xonadonida elektr uzib qo‘yiladi, degan xabarlar tarqaldi. Bu mavzu qanchalik haqiqatga mos keladi?

Prezident farmoni imzolangan edi

2023-yilning 15-avgustida imzolangan Prezidentning "Ko‘p kvartirali uylarni boshqarishni yanada samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 278-sonli qaroriga ko‘ra hamda "Yo‘l xaritasi" loyihasining ikkinchi bandiga ko‘ra, Navoiy shahrida ushbu amaliyot vaqtinchalik qo‘llanib turiladi va faqatgina vaziyatni o‘rganish maqsadida ishlatiladi.

Navoiyda vaqtinchalik elektr uzilishi sinab koʻrilmoqda 

Ushbu amaliyot faqatgina Navoiy shahrida qo‘llanilib, qarzdorligi bor mol-mulk egalarining elektr ta’minoti uzib qo‘yiladi. Bu ish bevosita Qurilish va uy-joy vazirligi tomonidan, Vazirlar Mahkamasining buyrug‘iga asosan amalga oshadi.

Boshqa hududlarda ham o‘chiriladi, degan gaplar "mif"

Ushbu amaliyot Navoiydan boshqa hududlarda ham qo‘llaniladi, degan gaplar umuman haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi,-deydi Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi Muhammadamin Karimov. Ushbu masala bo‘yicha 2024-yilning 3-may holatiga ko‘ra lex.uz da hech qanday normativ hujjatlar mavjud emas. Faqatgina Prezidentning 2024-yil yanvarda imzolagan qaroriga muvofiq, qarzdorligi bor shaxslarga elektron xabar yuborish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Agarda to‘lamasa, vaqtincha cheklanishi mumkin 

Ushbu amaliyot shu yil navbatma-navbat, hududlar kesimida amalga oshiriladi hamda quyidagi bosqichlarga bo‘linadi:

1-bosqichda — Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida 2024-yil 1-iyundan boshlab chiqindi xizmatlari bo‘yicha 6 oy davomida shakllangan qarzdorlik uchun;

2-bosqichda — respublikaning barcha hududlarida 2024-yil 1-noyabrdan boshlab chiqindi xizmatlari bo‘yicha 3 oy davomida shakllangan qarzdorlik uchun;

3-bosqich — respublikaning barcha hududlarida 2025-yil 1-yanvardan boshlab chiqindi xizmatlari bo‘yicha 1 oylik qarzdorlik uchun.

Теги :
Жамият