$
 12720.00
-7.96
 13827.91
46.07
 140.04
0.58
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 3-mayning eng muhim voqealari dayjesti

33

Badiiy gimnastikachilar Parij-2024 yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi

Badiiy gimnastika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Toshkentda start olgan litsenzion Osiyo chempionatini muvaffaqiyatli boshladi. Guruh mashqida ishtirok etgan hamyurtlarimiz koʻpkurash dasturida 69.95 ball jamgʻarib, oltin medal bilan birga Parij-2024 yoʻllanmasini ham naqd qilishdi.

Yurtdoshlarimiz 5 ta halqadagi chiqishda 36.60, 3 ta tasma va 2 ta toʻpdagi chiqishda esa 33.35 ball jamgʻarishga muvaffaq boʻldilar

Vetnam bilan pillachilik sohasida memorandum imzolandi

Poytaxtimizda Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi Iqboljon Ergashev va Vetnam Ipakchilik uyushmasi tarkibidagi "HA BAO SILK" kompaniyasi, "MINHSANG" kompaniyasi hamda "TRUONG THAI TEA" kompaniyalari rahbarlaridan iborat delegatsiya azolari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda ikki tomon uchun manfaatli bo‘lgan memorandum imzolandi. Pilla yetishtirishda Vetnam tajribasini joriy qilish, o‘rma tutzorlarni barpo etish, malakali mutaxassislarni jalb etgan holda sifatli ipak olishga erishish mazkur hamkorlikning o‘zagi hisoblanadi

“Venchur investitsiyalar to‘g‘risida”gi yangi qonun

Ko‘ksaroyda Prezident huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining ikkinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda.

Bunda muqobil investitsiyalarni rag‘batlantirish, startap, innovatsion loyihalar, birgalikdagi sarmoyalarni ko‘paytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida “Venchur investitsiyalar to‘g‘risida”gi yangi qonunni ishlab chiqish va qabul qilish muhimligi ustida ham so'z bordi.

 Xitoyning yetakchi kompaniyalari rahbarlari prezident qabulida

Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-may kuni Ko‘ksaroy qarorgohida uchinchi Toshkent investitsiya forumi doirasida Xitoyning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

“CAMCE” korporatsiyasi raisi Van Bo bilan Toshkent shahrida Olimpiya shaharchasi qurilishi hamda energetika, sanoat va infratuzilma sohalaridagi loyihalar portfelini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

“Goldwind” Sao Chjigan bilan kompaniyaning O‘zbekistonda “yashil” energetikani rivojlantirishdagi ishtiroki istiqbollari ko‘rib chiqildi.

“China Southern Power Grid” bilan Buxoro viloyatida shamol elektr stansiyalari, butun mamlakat bo‘ylab gidroakkumulyatsiya stansiyalari va yuqori kuchlanishli liniyalar qurish loyihalari muhokama qilindi.

Toshkent viloyatida texnopark qurish va unga Xitoyning yirik kompaniyalarini jalb qilish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Теги :
Жамият
Иқтисодиёт