$
 12720.00
-7.96
 13827.91
46.07
 140.04
0.58
weather
+26
Кечаси   +14°

18 ta pichoq izi va yong‘in: Buxorodagi dahshatli qotillik 6 yil o‘tib fosh etildi

murder

Bu haqda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Sanchilgan-kesilgan jarohatlar

2018-yilning 24 aprel kuni soat 01:15 larda Buxoro shahar IIO FMB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, shaharning Turdi Farog‘iy ko‘chasida joylashgan xonadonlardan birida yong‘in yuz bergan. Yong‘in bartaraf qilinganida xonadon mehmonxonasidan shu uyda yashagan fuqaroning jasadi tanasining turli joylarida jami 18 ta sanchilgan-kesilgan jarohatlar bilan topilgan.

Surishtiruv ishlari olib borildi, ammo jinoyat fosh bo‘lmadi

Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 2-qismi “j” bandi, 173-moddasi 2-qismi “b,v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘sha vaqtda prokuratura va ichki ishlar organlari xodimlaridan iborat tarkibda tezkor tergov guruh shakllantirilib, bir qator surishtiruv hamda tergov harakatlari olib borilgan bo‘lsada jinoyatni fosh etish bo‘yicha aniq natijalarga erishilmagan.

IIBB boshlig‘i farmoyishi

Joriy yil boshida Buxoro viloyati IIB boshlig‘i tomonidan ochilmagan jinoyat ishlarini sudga yetkazish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan edi. Shu munosabat bilan ish qayta ochildi.

Ana shu jinoyat ishlari orasida yuqorida keltirilgan mudhish qotillik jinoyati ham mavjud bo‘lib, mazkur jinoyat ishi bo‘yicha ham viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-texnik va surishtiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni sodir qilgan shaxs aniqlandi.

Jinoyatchining aybi isbotlandi

Ayblanuvchining ko‘rsatmalarini voqea joyida tekshirish tergov harakati hamda guvohlarning ko‘rsatmalariga asosan jinoyat sodir qilganlikda gumon qilingan shaxsning aybi to‘liq isbotlanib, jinoyat ishi yuzasidan to‘plangan hujjatlar jazoning muqarrarligini taʼminlash uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudiga yuborildi.

Теги :
Жамият