$
 12648.12
-26.88
 13622.03
5.28
 138.42
0.06
weather
+26
Кечаси   +14°

Oʻzbekistonliklar maoshining qanchasini mobil internet uchun sarflaydi?

Internet tezligi

Mamlakatdagi o‘rtacha ish haqi asosida mobil internet mavjudligini baholovchi Mobil ma’lumotlarning arzonligi indeksida (Mobile Data Affordability Index) O‘zbekiston 179 davlat orasida 43-o‘rinni egalladi. Bu haqda ushbu indeks saytida ma’lum qilindi.

Reyting qaysi omil asosida aniqlandi?

Mobil ma’lumotlarning arzonligi reytingini aniqlash uchun mualliflar 10 Gb dan ortiq ma’lumotga ega bo‘lgan oylik mobil telefon rejasining o‘rtacha narxini o‘rtacha ish haqi bilan solishtirgan.

MDH davlatlaridagi vaziyat

MDH davlatlaridan mobil internet mavjudligi bo‘yicha Rossiya 26, O‘zbekiston 43, Armaniston 55, Belarus 61, Qozog‘iston 63, Qirg‘iziston 90, Ozarbayjon 114, Tojikiston 163-o‘rinni egallagan. 

Afg‘oniston internetdan foydalanish imkoniyati bo‘yicha Tojikistonni reytingda ikki pog‘onaga ortda qoldirib, 161-o‘rinni egallagan.

Internet uchun odamlar maoshining qanchasini sarflaydi?

Reytingga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab 10 Gb dan ortiq ma’lumotlarga ega mobil telefon rejasining o‘rtacha narxi 24,20 dollarni tashkil etadi, odamlar bunga o‘z maoshlarining 4,1 foizini sarflaydi.

MDH davlatlari orasida internet narxlari reytingida Qirg‘iziston 8-o‘rinda (1 gigabaytning o‘rtacha narxi 0,17 dollar), Rossiya 15-o‘rinda (0,25 dollar), O‘zbekiston 22-o‘rinda (0,30 dollar). Qozog‘iston 35-o‘rinda (0,41 dollar), Belarus 66-o‘rinda (0,67 dollar), Armaniston 88-o‘rinda (0,98 dollar), Ozarbayjon 146-o‘rinda (1,76 dollar) joylashgan.