$
 12720.00
-7.96
 13827.91
46.07
 140.04
0.58
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari Qozog‘istondan chiqarib yuborilish sababi ochiqlandi

q 5 6

Qozog‘istonning Ulutov viloyati IIB 16 nafar qo‘shni davlatlardan kelgan mehnat muhojirini “noqonuniy mehnat faoliyati bilan shug‘ullangani sababli” mamlakatdan chiqarib yubordi.

“Polisia.kz” nashrining xabar berishicha, Qozog‘istonda politsiya departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reyd davomida 16 nafar xorijlik fuqarolarning noqonuniy mehnat faoliyati bilan shug‘ullangani aniqlangan.

7 nafari O‘zbekiston, 9 nafari esa Tojikiston fuqarolari

Noqonuniy faoliyat olib borgan migrantlarning 7 nafari O‘zbekiston Respublikasi, 9 nafari esa Tojikiston Respublikasi fuqarolaridir. Mazkur xorijliklar Satpaev shahrida tegishli ruxsatnoma va hujjatlarsiz ishlab kelgani aniqlangan.

Mehnat muhojirlari sud qarorini buzgan

Nashrning yozishicha, ular Satpaev shahrida ma’muriy javobgarlikka tortilgan holda noqonuniy tarzda ishlab, sud qarori bilan belgilangan talablarni bajarmagan va Qozog‘iston Respublikasining migratsiya sohasidagi qonunchiligini buzgan.

“Tojikiston Respublikasining ikki nafar fuqarosi Olmaota shahar sudi tomonidan chiqarilgan hal qiluv qarori talablarini bajarmay, javobgarlikdan bo‘yin tovlab kelgani aniqlandi” – deb yozadi nashr.

Chet el fuqarolarini noqonuniy faoliyatga jalb qilganlar javobgarlikka tortiladi

Qayd etilishicha, chet el fuqarolarini noqonuniy mehnat faoliyatiga jalb qilgan ish beruvchilar ham qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.

Huquq-tartibotni ta’minlash maqsadida barcha chet el fuqarolari mamlakatdan majburan chiqarib yuborildi.