$
 12720.00
-7.96
 13827.91
46.07
 140.04
0.58
weather
+26
Кечаси   +14°

Onlayn “muhabbat” tarixi: bu safar jabrlanuvchi erkak kishi

chat sevgi

Biz tez-tez qizlarning rasmini tarqatib yuborish bilan tahdid qilib, firibgarlikka qo‘l urayotgan erkaklar haqida eshitamiz. Ammo so‘ngi vaqtlarda bu “hunar”ni ayollar ham o‘rganib olgan ko‘rinadi.

Bu safar jabrlanuvchi — erkak

Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumanida yashovchi 29 yoshli Sh.I. IIOga murojaat qilib, "Guli" ismli ayol uning sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarini oshkor qilish bilan qo‘rqitib, undan pul talab qilayotganligini ma’lum qilgan.

Ayol 31 yoshda

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumanida yashovchi 31 yoshli (ayol) T.S. sodir etganligi aniqlangan.

To‘liq tafsilotlar qanday?

Gumonlanuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan (ayol) T.S., jabrlanuvchi Sh.I. bilan telegram messenjeri orqali ishqiy yozishmalarni amalga oshirishi davomida unga bir nechta sir saqlanishi lozim bo‘lgan shaxsiy fotosurat va videolarni yuborgan, ma’lum vaqt o‘tgach (ayol) T.S. ushbu fotosurat va videolarni Internet orqali tarqatib, uni sharmanda qilishini aytib, qo‘rqitib, fotosurat va videolarni tarqatmaslik evaziga pul talab qilayotganligini ma’lum bo‘ldi. 

Qonunchilikda jazo qanday?

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, T.S.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.