$
 12720.00
-7.96
 13827.91
46.07
 140.04
0.58
weather
+26
Кечаси   +14°

Energiya talon-taroji eng ko‘p qaysi hudud hissasiga to‘g‘ri kelyapti?

Elektr energiyasi

O‘zbekistonda bir oyda salkam 60 mlrd so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. Xo‘sh, bu kabi holatlar eng ko‘p qaysi hududlarda kuzatilmoqda?

539 holatda 60 mlrd so‘m

O‘zbekistonda aprel oyida ayrim iste’molchilarning energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishlari natijasida davlat manfaatlariga 58 milliard 846 million so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi. 

“O‘zenergoinspeksiya” xabariga ko‘ra (http://t.me/Energoinspeksiya/4040), Bosh prokuratura va tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda aprel oyida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 539 ta holatda iste’molchilarning tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘lgan.

Bunda 39 milliard 518 million so‘mlik elektr energiyasi (41 million 241 ming kilovatt-soat) va 19 milliard 328 million so‘mlik tabiiy gaz (12 million 883 ming metr kub) talon-toroj qilinishi natijasida davlat manfaatlariga keltirilgan jami 58 milliard 846 million so‘mlik zarar undirishga qaratildi.

Eng ko‘pi qaysi hududlarda?

Noqonuniy foydalanish holatlarining eng ko‘pi — Samarqand, Toshkent va Andijon viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.